
🇺🇿 Urg'usiz E
🇷🇺 Безударный Е
Rus tilidagi barcha so'zlarda E unlisi urg'usiz holatda i yoki (yi) tarzida talaffuz etiladi. Urg'usiz E so'z boshida, unlidan yoki Ъ, Ь dan keyin kelsa (yi), so'z o'rtasida undoshdan keyin kelsa (i) tarzida talaffuz qilinadi.
Masalan:
ежеднЕвно-yijidnevna
ежевИка - yijivika
дЕрево - deriva
средА - srida
ученИк - uchinik
учИтельница - uchitilnitsa
медвЕдь - midved
Ammo so'z ohirida, ayniqsa -ые, -ее, -ие, -ье kabi qo'shimchalardagi urg'usiz E yuqoridagi qoidadan istisno ravishda E deb talaffuz qilinadi.
Masalan:
здАние - zdaniye
упражнЕние - uprajneniye
домАшнее - domashneye
свЕжее - svejeye
медвЕжье - midvejye
воскресЕнье - vaskresenye
Va hokazo.
Urg'usiz E mavjud bo'lgan so'zlarning har biriga o'zakdosh bo'lgan bir qator so'zlarning ichida urg'usiz bo'g'inga urg'u tushadiganlari ham uchraydi. Ayni so'zni eslab qolib, bu so'z orqali o'zakdosh so'zlarning barchasida ushbu harf mavjudligini bilib olib, so'zlar imlosini eslab qolish kerak.
Masalan:
лес, леснОй, лесА
побЕда, победИтель, побеждАть, побеждённый.
серёдка, середИна, посередИне.
дЕрево, деревЯнный, дерЕвья.
Ammo uyadosh so'zlardan urg'uli bo'g'inligini tanlashda shakklar o'xshash, ammo mazmuni boshqa so'z olinmasligi kerak bo'ladi.
Masalan:
преЕмник - voris
преЕмство - vorislik
приёмник -priyomnik
приём - qabul
принимАть - qabul qilmoq.
🇷🇺 @RusTiliUz_BOT