Archa, qorbobo va din.🎄🎅👳♂
Avvalo Yangi yil bayramini shunchaki bayram deb qabul qilishni oʻrganishimiz kerak. Oʻzgacha boʻlishi mumkin emas, Qorbobo, qorqiz, archa bu shunchaki ramziy maʼnodagi qahramonlar xolos.
Ha, biz insonmiz, biz moʻjizalarga ishonuvchanmiz, hayotimizda moʻjizalar roʻy berishini juda ham xohlaymiz, ichimizda bir xohish borki, qani endi bir moʻjizakor kuch boʻlsa-yu, barcha muammolarimizni hal qilib tashlasa.
Lekin bir narsa aniqki, hatto din ham moʻjizalar asosida yaratilgan, undagi hikoyalar, rivoyatlar moʻjizaviy ahamiyat kasb etadi, chunki inson ongi shunga ishonishga moyil, kimdandir najot kutadi, kimdir uning taqdirini uning oʻrniga hal qilishini xohlaydi.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsam, bayramni din bilan bogʻlamang, azizlar. Bayram bu bayram, tolerant boʻlaveraylik, har narsada dinni ro'kach qilaverganligimiz sababli din borgan sari qiyinlashib bormoqda.
©
Muallif: 👉
@z_botiraliyev🎉Bayram kayfiyati sizni yil davomida tark etmasin. Yangi yilingiz bilan.
🍿
@KinoXit