Size: a a a

2018 July 09
KARAOKE SINGER
Men ketsam gar bu yerlardan bosh olib
Muzlagan qalbingga parcha cho'g' solib
Bir so'roq sanchilar yurakka borib
Beg'uborim aytgin meni sog'inasanmi?
Shaxlo ko'zlaringni ko'rolmay qolsam
Shirin so'zlaring hech tinglolmay yonsam
So'rayman toki sen qalbimda borsan
Beg'uborim aytgin meni sog'inasanmi?
Farishtam qolingdan tutib sorayman
Soginching bekatida kutib sorayman
Dardlarim ichimga yutib sorayman
Beguborim aytgin meni soginasanmi?
Yuragim zarbida isming kuylaydi
Boshing qoy koksimga dardin soylaydi
Qayta,qayta soraydi takror soraydi
Beguborim aytgin meni soginasanmi?
Bagrimda kulsangda koproq sogindim
Sozlaring kozlaring eslab ovundim
Yondi bu yuragim ishqing taftidan
Sevaman jahonim jonim sogindim!
Sorayman olguncha sorayman erkam
Senchi beguborim soginasanmi?
                     DJ SEKRET
источник
KARAOKE SINGER
источник
KARAOKE SINGER
"Omad"
источник
KARAOKE SINGER
Omad qushi uchdi yelkamdan
Parvoz etdi bilmam qayoqqa
Balki uchdi mening bog’imdan
O’zga bog’lar yashnagan yoqqa
Balkim tog’ning cho’qqisin quchib
Ko’m-ko’k osmon ko’lida suzdi
Balki mening mayus qalbimdan
Umr gulim gultojin uzdi
Yoki ketdi borsa-kelmasga
Balki qaytmas endi hech qachon
Lekin mening umidim so’nmas
Toki bordir vujudimda jon
Omad qushi uchdi yelkamdan
Men qilmayman afsus-nadomat
Yorib o’tay temir to’siqni
Garchi mendan ketsada omad.
источник
KARAOKE SINGER
"Yolg'on"
источник
KARAOKE SINGER
Lola bn qoldan kegancha aytdim🎵
источник
KARAOKE SINGER
источник
KARAOKE SINGER
"Qo'zg'alon"
источник
KARAOKE SINGER
Qo’zg’alon ko’tardi azolar bari
Yurakni insondan qilinglar nari
Kerakmas bizlarga bunday qo’mondon
Jon qadrin bilmayin ishlaydigan jon
Tarqalishdi inson degan qasrga
Yurakni olmoqchi bo’lib asrga
Bir bo’lishib bari ko’tardi isyon
Qasr-qasr emas go’yoki zindon…
Boshdan oyoq tomon kezib darbadar
Tomirdagi josus keltirdi xabar
Jigar boshliq qo’shin qilib g’alayon
Uka sotqinligi bo’lgandi ayon
Hiyonatdan yurakning sanchdi badani
Go’yo joni chiqib, qolgandi tani
Go’yo to’xtab qoldi tomirlarda qon
Jasoratdan yo’q nishon,singandek qalqon
Hatto tillar gung bo’ldi, quloqlar garang
Bu qandayin ko’rgulik,qandayin nayrang
Kechagina ko’ksimdan uchgan polapon
Bugun ko’ksim yirtdi,yirtdi nogahon
источник
KARAOKE SINGER
источник
KARAOKE SINGER
"Ona" deb nomlangan ajoyib sherni oqishga harakat qildim📜🎵
источник
KARAOKE SINGER
источник
KARAOKE SINGER
Hasanni buyurtmasiga kora yozilgan hazil sher😄🥀
источник
KARAOKE SINGER
Deraza oldidan chiqadi nola
O’lim to’shagida yotar gullola
Hatto tilga kirar tomir-­u tola
Eh,Hasanning bechora so’ligan guli
Tilga kirar barglar ham,aytadi nolish
Suv kerakdir bizlarga,suvli sug’orish
Birdan bir orzusi suv ichib olish
Eh,Hasanning bechora so’ligan guli                                                Nurin sochar to’xtovsiz oftob,oymomo
Tuproq zarrasida suv yo’qdir ammo
Ildizlar ham deydilar shudir muammo
Eh,Hasanning bechora so’ligan guli
Qurib ketdi ularning og’iz tanobi
Hol so’rasang aytarlar ‘suv’ deb javobi
Ko’zlariga ko’rinar suvning sarobi
Eh,Hasanning bechora so’ligan guli.
источник
KARAOKE SINGER
источник
KARAOKE SINGER
yaxshi koraman shu qoshiqni👍🎵
источник
KARAOKE SINGER
источник
KARAOKE SINGER
"Bahor"
источник
KARAOKE SINGER
Ko’targanda maysalar yerdan boshini
Bulut to’kkanida tinmay yoshini
Osmon ko’rsatganda nur quyoshini
Bahor go’zalligin angladim shunda.
Chalinganda shodon bulbul navosi
Esganida mayin ko’klam havosi
Ochilganda bodom,o’rik,ra’nosi
Bahor go’zalligin angladim shunda.
Ko’ringanda osmonda qushlar parvozi
Daraxtlarda uyg’onsa gullar-pardozi
Eshitilsa shivirlab ko’klamning nozi
Bahor go’zalligin angladim shunda.
Shunda angladim men,angladim ma’sum
Qalbda ajib his bor,yuzda tabassum
Aytaman bosh egib,aytaman takror
Yurakdan ketmagin,ketma navbahor
источник
KARAOKE SINGER
источник