#buqiziq
Gotlandda (Shvetsiya) elektromobillar uchun simsiz quvvatlanish imkonini beruvchi yо‘l sinovdan о‘tkazildi.
Isroilning «ElectReon» kompaniyasi tomonidan avtomobilni haydash vaqtida akkumulyatorni simsiz quvvatlantirish imkonini beruvchi yо‘l qoplamasi ostiga mis rulonlarni о‘rnatish texnologiyasi ishlab chiqilgan edi.
Quvvatlanish uchun yо‘lda harakatlanadigan elektr transport vositalari simsiz quvvatlanishga mо‘ljallangan maxsus qurilmalar bilan jihozlangan bо‘lishi kerak.
Shvetsiya simsiz quvvatlash tizimini 1,65 km uzunlikdagi umumiy foydalanish yо‘lida sinovdan о‘tkazdi va sinov natijasiga kо‘ra elektr yuk mashinasi harakatlanayotgan vaqtda 70 kVt energiya qabul qila oldi. Shunisi e’tiborga loyiqki, hatto qor va muz ham quvvatlanishga ta’sir qilmaydi.
Rasmiy kanallarimiz👇👇👇
Facebook |
Telegram |
YouTube |
Instagram