🎯| 3Ds max va Blender 3D |
Postni boshida aytib o'tmasam bo'lmaydi Blender tarafdoriman. To'gri 3Ds max juda ko'pchilik 3D dizaynerlarni asosiy ish quroli. Lekin qancha urinmay qancha izlanmay 3Ds maxni ko'pchilik ishlatishidan boshqa blenderdan ustun tarafini ko'rmadim...
👨🏻💻Blender 3D dasturi 3Ds maxdan ancha yosh bo'lganligi sababli ko'pchilik uni 3Ds maxga teng ekanligini bilmaydi , Blenderning tekinligi u haqida hato fikrlashlarini yana bir sababi.
💡Blenderni man bilgan ustun taraflarini aytib o'taman.
-Dastur mutloq tekin
-Juda yengil ( kuchsiz kompyuterlarda ham yaxshi ishlaydi)
-Hajmi juda kichik (195mb)
-O'rganib olish qolgan 3D dasturlardan ancha oson
-Funksiyalarini o'zizga moslab olsangiz bo'ladi
-Juda tez rivojlanib boryabdi
Shunda ham blenderni 3Ds maxdan butunlay ustun deyolmayman 3Ds maxni juda ko'p studiola ishlatadi. 3Ds maxni imkoniyatlari juda katta , imkoniyatlari kabi unga bo'lgan talab ham katta.
Ikkala dasturda ham hozir istalgan obyektlarni vizuallashtirsa bo'ladi.
——————————————
Agar bilmaganlar bo'lsa bu dasturlar
-Kinolarda ( Odam qila olmaydigan hayoliy narsalar vizuallash)
-Multifimlar
-O'yinlar
-Qurilishda (Arxitektura)
-Televizordagi aksariyat reklamalar
-3D darsliklar
-Sanoatda doimiy qo'llaniladi.
——————————————
Qiziqadiganlarga yuboring va taklif qiling
@blender3D_Design