#ташкент #php #js
ZETSOFT LLC Inovatsion IT kompaniyasi qobiliyatli PHP va JavaScript dasturchilarni doimiy ishga taklif qiladi.
Mavjud xalqaro, milliy va Zetsoftning startup dasturiy layihalarimizni effektiv realizaciya qilish uchun kamida 50 ta dasturchidan iborat professional komandani shakllantirmoqdamiz.
PHP dasturchilariga qo'yiladigan talablar:
- PHP7 ni OOP bilan effektiv ishlay olish
- Yii2 yoki Laravel bilan effektiv ishlay olish
- Ma'lumotlar bazasi bilan ishlash tajribasi
- Git va Linux Shell bilan ishlash tajribasi
- Kuchli intizom va aniq maqsadga ega bo'lishi
JavaScript dasturchilariga qo'yiladigan talablar:
- HTML5, CSS3, Bootstrap 3-4, JavaScript-ni yaxshi bilishi
- VueJS, Vue Router/Vuex/Axios, Quasar Framework bilan effektiv ishlay olish
- Git, Npm, Webpack bilan ishlash tajribasi
- Browser-Client o'zaro interaksiyasini tushunishi (REST, AJAX, WebSockets);
- Kuchli intizom va aniq maqsadga ega bo'lishi
ZETSOFT kompaniyasida oylik ish haqi:
- Tajriba va ish effektivligiga qarab $800 dan $3200 gacha (qo’lga tegadigan summa). Ish haqi dasturchi ishtirok etgan va tugallangan dasturiy loyihalarning summasidan kelib chiqib hisoblanadi.
- Har bir yaratilgan dasturiy loyihadan tushgan foydaning 50% summasi - shu loyihada ishtirok etgan dasturchilar o'rtasida, ularning proyektdagi o'rnidan kelib chiqib teng taqsimlanadi.
- Shuningdek, har oy, ish haqidan tashqari, ZETSOFT ning startup loyihalaridan kompaniyaga tushayotgan pulning 50%, shu loyihada ishtirok etayotgan dasturchilar o'rtasida taqsimlanadi.
- Dasturchilar O'zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi asosida ishga qabul qilinadi
- Ish tajribasiga ega bo’lmagan stajor/internlar uchun, ish haqi to’lanuvchi amaliyot tashkil qilingan
- Ish haqingizni sizning ish tezligingiz va effektivlik darajangizga qarab, avtomatik ravishda oshirib boriladi
ZETSOFT quyidagilarni ta'minlashga tayyor:
- Effektiv ishlash uchun barcha qulayliklarga ega, zamonaviy konditsionerlar bilan jihozlangan qulay va shinam ofis. IUT yaqinida joylashgan.
- Kompaniya hududida bepul, sifatli va mazali, 3 maxal tushlik taqdim etiladi.
- Zamonaviy tezkor kompyuterlar va cheksiz trafikka ega yuqori tezlikdagi (50 Mb/s) internet.
- Hozirda kompaniyada tajribali middle/middle+ dasturchilar boshqaruvida 4 ta professional team joriy qilingan
- Xalqaro dasturiy loyihalar, murakkab va qiziqarli vazifalar
- Eng so'nggi va ilg'or dasturlash texnologiyalardan foydalanish
- Dasturlash jarayonini yaxshi anglab yetadigan raxbariyat
- Bilim va tajriba almashishga tayyor bo'lgan samimiy, do'stona va professional dasturchilar jamoasi.
- Ish tajribasiga ega bo’lmagan stajor/internlar uchun murabbiylik dasturi, ya’ni bepul dasturlash kurslari, master-klasslar va treninglar o'tkaziladi, shuningdek ularga stipendiya ham to’lanadi.
- Doimiy rivojlanish va malaka oshirish imkoniyati (konferensiyalar, adabiyotlar, katta tajribaga ega kuchli professional komanda)
Ish tajribasiga ega bo’lmagan stajor/internlar uchun ZETSOFTdan taklif
- ZETSOFT kompaniyasida foydalaniladigan eng so'nggi va ilg'or dasturlash texnologiyalardan bo’yicha bepul dasturlash kurslari, master-klasslar va treninglar o'tkaziladi.
- Barcha stajor/internlarga, ularga, yetarli boshlang'ich bilim va ko'nikmalar berilgach, real dasturiy proyektlarda ishtirok etish imkoniyati beriladi.
- Ular o'z yo'nalishi va bilim doirasidan kelib chiqib, qaysi dasturiy loyiha, komanda va team-lead ni tanlash imkoniyati beriladi.
- Amaliyotni muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlarga ZETSOFT kompaniyasida doimiy ish taklif etiladi.
ZETSOFT kompaniyasi haqida qisqacha ma'lumot:
-
https://facebook.com/zetsoftllcPlatforma bo'yicha bepul dasturlash kurslari va master klasslar:
http://learning.zoft.uz:8080/Hurmat bilan,
ZETSOFT LLC asoschisi va bosh direktori
Asror Asqarovich Zakirov
Rezyume yoki CV yuborish:
@Zetsoft👉
Подписаться на канал @UzDev_Jobs