#ташкент #backend #frontend
ZETSOFT LLC Inovatsion IT kompaniyasi qobiliyatli Backend va Frontend dasturchilarni doimiy ishga taklif qiladi.
Mavjud xalqaro, milliy va Zetsoftning startup dasturiy layihalarimizni effektiv realizaciya qilish uchun kamida 30 ta dasturchidan iborat professional komandani shakllantirmoqdamiz.
Backend dasturchilariga qo'yiladigan talablar:
- PHP 7 ni OOP bilan effektiv ishlay olish
- Yii2 / Laravel bilan 2 yillik ish tajribasiga ega bo’lishi
- Ma'lumotlar bazasi bilan ishlash tajribasi
- Git va Linux Shell bilan ishlash tajribasi
- Ingliz tilini bilishi
Frontend dasturchilariga qo'yiladigan talablar:
- HTML5, CSS3, Bootstrap 3-4, JavaScript-ni yaxshi bilishi
- ReactJS, Redux, jQuery, ES2018 ni yaxshi bilishi
- Git, Npm, Webpack bilan ishlash tajribasi
- HTTP REST API bilan ishlash tajribasi
- Browser-Client o'zaro interaksiyasini tushunishi (REST, AJAX, WebSockets);
- Ingliz tilini bilishi
ZETSOFT kompaniyasida oylik ish haqi:
- Tajribaga qarab $800 dan $3200 gacha (qo’lga tegadigan summa)
- To'lov har oy yakunida yoki har 2 haftada amalga oshiriladi
- Qo’shimcha ish uchun qo’shimcha ish haqi hisoblanadi
- O'z vaqtida to'lovlar, stabil daromad olish imkoniyati yaratilgan
- O'zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi asosida ishga qabul qilinadi
- Ish tajribasiga ega bo’lmagan stajor/internlar uchun, ish haqi to’lanuvchi amaliyot tashkil qilingan
- Ish haqingizni sizning ish tezligingiz va effektivlik darajangizga qarab, avtomatik ravishda oshirib boriladi
ZETSOFT quyidagilarni ta'minlashga tayyor:
- Effektiv ishlash uchun barcha qulayliklarga ega, zamonaviy konditsionerlar bilan jihozlangan qulay va shinam ofis. Toshkent shahridagi Inha Universiteti (IUT) yaqinida joylashgan.
- Zamonaviy tezkor kompyuterlar va cheksiz trafikka ega yuqori tezlikdagi (42 Mb/s) internet.
- Xalqaro dasturiy loyihalar, murakkab va qiziqarli vazifalar
- Eng so'nggi va ilg'or dasturlash texnologiyalardan foydalanish
- Dasturlash jarayonini yaxshi anglab yetadigan raxbariyat
- Rivojlangan Yevropa, Osiyo davlatlari va AQShga xalqaro komandirovkalar
- Bilim va tajriba almashishga tayyor bo'lgan samimiy, do'stona va professional dasturchilar jamoasi.
- Kompaniya hududida bepul, sifatli va mazali tushliklar taqdim etiladi
- Ish tajribasiga ega bo’lmagan stajor/internlar uchun murabbiylik dasturi, ya’ni bepul dasturlash kurslari, master-klasslar va treninglar o'tkaziladi, shuningdek ularga stipendiya ham to’lanadi.
- Doimiy rivojlanish va malaka oshirish imkoniyati (konferensiyalar, adabiyotlar, katta tajribaga ega kuchli professional komanda)
Ish tajribasiga ega bo’lmagan stajor/internlar uchun ZETSOFTdan taklif
- ZETSOFT kompaniyasida foydalaniladigan eng so'nggi va ilg'or dasturlash texnologiyalardan bo’yicha bepul dasturlash kurslari, master-klasslar va treninglar o'tkaziladi.
- Barcha stajor/internlarga ularning bilim va ko'nikmalariga qarab 3 000 000 so'mgacha bo'lgan stipendiya (ish haqi) to'lanadi.
- Stajor/internlar real dasturiy proyektlarda ishtirok eta boshlashlari bilan, ish haqi miqdori, ularning proyektdagi o’rnidan kelib chiqqan holda, 3 baravardan 10 baravargacha oshiriladi.
- Amaliyotni muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlarga ZETSOFT kompaniyasida doimiy ish taklif etiladi.
Treninglar davomida barcha stajerlarga bepul taqdim etiladi:
- Effektiv ishlash uchun barcha qulayliklarga ega, zamonaviy konditsionerlar bilan jihozlangan qulay va shinam ofis. Toshkent shahridagi Inha Universiteti (IUT) yaqinida joylashgan.
- Zamonaviy tezkor kompyuterlar (1xSSD NVMe 240GB, Intel-Core i5 8400, Z390P, 2xHDD 1TB) va cheksiz trafikka ega yuqori tezlikdagi (20 Mb/s) internet.
- Kompaniya hududida bepul, sifatli va mazali tushliklar
Rezyume yoki CV yuborish:
@Zetsoft👉
Подписаться на канал @UzDev_Jobs