Assalomu alaykum.
Bir yangilik bilan tanishtirmoqchimiz. O'zbekistonda dasturlashni rivojlantirishga ozroq bo'lsa ham xissa qo'shish maqsadida,
Havola.uz loyihasini ishga tushirdik. Loyiha dasturlashga qiziquvchilarga tanlov qilishda yordam berish, axborot texnologiyalarga oid dunyoning yetakchi manbalari hamda, o'zimizning dasturchilar tomonidan yaratilgan materiallarni bir joyga jamlash, loyihalarni ulashish uchun maydon yaratishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.
Bu uchun sizlar ham o'z xissangizni qo'shishingizni kutib qolamiz.