#UFC
. 🇺🇿Mahmud Murodov UFC’dagi ikkinchi jangini qanday ko‘rsa bo‘ladi?📹
MMA boʻyicha oʻrta (-84 kg) vazn toifasida oktagonga chiqib kelayotgan oʻzbekistonlik Mahmud Murodov (23-6, 14 KO) bugun oqshomda UFCʼdagi ikkinchi jangini oʻtkazadi.
Mahmud Murodov MMAʼning eng nufuzli musobaqasi boʻlmish UFCʼdagi ikkinchi jangida amerikalik Trevor Smitga (15-9, 10 KO) qarshi oktagonga chiqadi. Jang Amerika vaqti bilan 7-dekbar kuni AQSh poytaxti Vashington shahridagi “Capital One” arenasida boʻlib oʻtadi. Mazkur jang UFC on ESPN 7 turniri doirasida tashkil etilmoqda.
Jang Toshkent vaqti bilan 8-dekabr tongi 04:00 lar atrofida boshlanishi rejalashtirilgan.
Mazkur jang
UFC TV (pulli) telekanali orqali namoyish etiladi.
Shuningdek, muxlislar Mahmud Murodov ishtirokidagi jangni
MOU —
USHBU HAVOLA orqali bepul tarzda tomosha qilishlari mumkin boʻladi.